Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Zargarlik sohasida foydalaniladigan asbob-uskunalarni import qilishda bojxona bojidan ozod etiladi


Zargarlik sohasida foydalaniladigan asbob-uskunalarni import qilishda bojxona bojidan ozod etiladi

 

Joriy yilning 23-iyul kunida “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmonga koʻra, 2024-yil 1-avgustdan xorijiy koʻrgazma va yarmarkalarda namoyish etish uchun olib chiqiladigan tayyor zargarlik buyumlarini “vaqtincha olib chiqish” bojxona rejimiga joylashtirishda yigʻim BHMning 1 baravari (340 ming soʻm) miqdorida undiriladi.

Shuningdek, farmonga   asosan, 2024-yil 1-oktyabrdan 2027-yil 1-oktyabrgacha:

-belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha import qilinadigan, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan hamda zargarlik sohasida foydalaniladigan asbob-uskunalar, qadoqlash va etiketkalash mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi.

Bundan tashqari, farmonga binoan “Uzbek Jewellery Fair” xalqaro koʻrgazma savdosi doirasida Oʻzbekistonning norezidentlari tomonidan respublika hududiga vaqtincha olib kiriladigan hamda keyinchalik qaytarib olib chiqiladigan zargarlik buyumlariga nisbatan bojxona hujjatlarini rasmiylashtirishda bojxona yigʻimlari undirilmaydi.

 

Zangiota tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat kursatish tarkazi

Bosh yuriskonsulti                                                        N. Anarqulova.