Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Tayyor zargarlik buyumlariga import bojxona boji kamaytiriladi


Tayyor zargarlik buyumlariga import bojxona boji kamaytiriladi

Biz bilamizki, Oʻzbek halqi amaliy sanʼatning turlari ichida zeb-ziynati sanʼati boʻlmish zargarlik alohida oʻrin tutadi. Respublikamizda zargarlik sanʼatini rivojlantirish maqsadida joriy yilning 23-iyul kunida “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2024-yil 1-noyabrdan:

-chet elda ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarini, basharti ular boʻyicha bojxona toʻlovlari amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmasa, sotuvga qoʻyish va chakana savdoda realizatsiya qilish man etiladi;

-Bunda ushbu tartib buxgalteriya hisobi qonunchiligiga muvofiq 2024-yil 1-sentyabrgacha rasmiylashtirilgan (kirim qilingan) zargarlik buyumlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

-qimmatbaho metallarning hamda qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallarning chiqindilari va parchalari litsenziya asosida eksport qilinadigan maxsus turdagi tovarlar roʻyxatiga kiritiladi;

-Asillik inspeksiyasining xulosasi boʻlmagan yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqish man etiladi;

-jismoniy shaxslarga ogʻirligi 200 grammgacha boʻlgan kumushdan hamda 65 grammgacha boʻlgan oltin va boshqa qimmatbaho metallardan yasalgan tayyor zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirmasdan, ushbu miqdorlardan ortiq boʻlganlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi asosida Oʻzbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi;

2027-yil 1-yanvargacha Oʻzbekistonga olib kiriladigan tayyor zargarlik buyumlariga nisbatan import bojxona bojlari 20 foizdan 10 foizgacha kamaytiriladi.

2025-yil 1-yanvargacha Toshkent shahri, Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlarida zargarlik buyumlarining asilligini tezkor tekshirish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatuvchi shoxobchalar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

 

Zangiota tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuristkonsulti                                                N. Anarqulova