Янгиликлар
Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi tubdan takomillashtiriladi
Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi tubdan takomillashtiriladi
Aholi tomonidan davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashi kafolatlangan tarzda olinishi, uning manzilliligi va samaradorligini taʼminlash maqsadida joriy yilning 18-iyulida “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi
Qarorga koʻra, aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid barcha choralarni raqamli texnologiyalar asosida taqdim etishga oʻtishning asosiy yoʻnalishlari etib:
-“Ijtimoiy karta” axborot tizimini joriy etish orqali ijtimoiy toʻlovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlarini bosqichma-bosqich toʻliq avtomatlashtirish;
-ijtimoiy yordamga muhtoj toifadagi fuqarolarning ijtimoiy xizmatlardan, yordam va toʻlovlardan, shuningdek davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning boshqa choralaridan foydalanish uchun hujjatlarni yigʻish zaruratini bekor qilish;
-davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini manzilli, qisqa muddatlarda, masofadan turib hamda proaktiv tarzda olish imkoniyatini berish;
-ijtimoiy sugʻurtalashni joriy qilish doirasida raqamli servislarni rivojlantirish orqali davlat va tadbirkorlar oʻrtasida hamkorlik qilishni soddalashtirish;
-respublika, viloyat, tuman (shahar) va mahalla darajasida davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashini amalga oshiruvchi davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish belgilandi.
Zangiota tumani adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N. Anarqulova