Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Prezident tomonidan “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-939-son, 07.08.2024 y.) imzolandi.


Prezident tomonidan “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-939-son, 07.08.2024 y.) imzolandi.

 

???? Qonun elektr energetikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

 

???? Elektr energetikasi sohasini davlat tomonidan tartibga solishni quyidagilar amalga oshiradi:

➖Vazirlar Mahkamasi;

➖Energetika vazirligi;

➖Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi;

➖Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi;

➖mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

✅ Vazirlar Mahkamasi elektr energetikasi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi.

????Energetika vazirligi elektr energetikasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

???? Quyidagilar elektr energiyasi bozorining ishtirokchilaridir:

▫️elektr energiyasi bozori operatori;

▫️ishlab chiqaruvchi;

▫️elektr energiyasini saqlash tizimi operatori;

▫️uzatish tizimi operatori;

▫️markaziy xarid qiluvchi;

▫️treyder;

▫️taqsimlash tizimi operatori;

▫️ta’minotchi;

▫️iste’molchi.

 

⚠️ Tariflar va to‘lovlarni belgilash uslubiyati hamda uning asosida tartibga solinadigan tariflar va to‘lovlar Energetika bozori regulyatori tomonidan belgilanadi.

Qabul qilingan tariflar va to‘lovlar kuchga kirishidan kamida 15 besh kun oldin e’lon qilinadi. Hech qanday tarif yoki to‘lov orqaga qaytish kuchiga ega emas.

 

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                    A.Pulatov