Янгиликлар
Fuqarolik jamiyati institutlari davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlanadi
Fuqarolik jamiyati institutlari davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlanadi
“Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, quyidagilar fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:
davlat va jamiyat hayotida fuqarolik jamiyati institutlari faolligini yana-da oshirish;
jamiyat manfaatlari va aholining haqiqiy ehtiyojlarini ko‘zlagan tashabbuslarni ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish;
davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli ijtimoiy sheriklikni yana-da rivojlantirish;
taʼsirchan jamoatchilik nazorati olib borilishini rag‘batlantirish;
fuqarolik jamiyati institutlarining xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yish;
fuqarolik jamiyati institutlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va qulay tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratish.
Zangiota tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Boshlig’i A.Toshmatjonov