Янгиликлар
Yoshlar ishlari agentligiga qo’shimcha funksiyalar yuklandi
Yoshlar ishlari agentligiga qo’shimcha funksiyalar yuklandi
Yoshlarni xorijiy tillarga o’qitish tizimi samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezident Qarori (PQ-239-son, 27.06.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko’ra, Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga quyidagi qo’shimcha funksiyalar yuklandi:
yoshlarni xorijiy tillarga o’qitish jarayonlarini takomillashtirish, talab yuqori bo’lgan chet tillarini mukammal o’zlashtirish uchun sharoitlarni kengaytirish;
xorijiy tillarni o’qitish faoliyati bilan shug’ullanuvchi YTTlar, o’zini o’zi band qilgan shaxslar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari (xususiy o’quv markazlari), ushbu yo’nalishda faoliyat yurituvchi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash, sohadagi muammolarni muntazam ravishda tahlil qilish va ularning yechimi bo’yicha takliflar tayyorlash;
xususiy o’quv markazlari reytingini shakllantirish hamda reytingda yuqori o’rinni egallaganlarni rag’batlantirish;
yoshlar orasida kasb-hunar va xorijiy tillarni o’rganishni targ’ib qilish, ushbu yo’nalishdagi ijtimoiy loyihalar, ko’rik-tanlov va olimpiadalarni tashkil etish.
Zangiota tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Boshlig’i A.Toshmatjonov