Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Yer fondining barcha toifalari va yer turlari uchun yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etiladi


Yer fondining barcha toifalari va yer turlari uchun yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etiladi

“Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-135-son, 06.09.2024 y.) qabul qilindi

Farmonga muvofiq, 2025-yil 1-yanvardan:

yer fondining barcha toifalari va yer turlari, shu jumladan, oldindan mavjud va yangidan ajratiladigan yer uchastkalari uchun yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etiladi;

yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turi Hukumat tomonidan tasdiqlanadigan Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatoriga muvofiq asosiy, shartli ravishda ruxsat berilgan va yordamchi turlarda belgilanadi;

shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olishga Hukumat tomonidan belgilanadigan tartibda ijtimoiy va infratuzilma obyektlariga qo'shimcha yuklamani kompensatsiya qilish sharti bilan yo'l qo'yiladi;

bunda ushbu to'lovlar Toshkent shahrida 2027-yil 1-yanvargacha huquqiy eksperiment doirasida kiritilgan qurilish hajmining har bir kub metri uchun undiriladigan to'lovlar shaklida olinadi;

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi (qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yerlar bo'yicha) hamda Qishloq xo'jaligi vazirligi (qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar bo'yicha) ruxsat etilgan foydalanish turini belgilash va o'zgartirish masalalarida vakolatli organlar hisoblanadi.

 

Zangiota tuman adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                       Marifov Suxrob Fayzullo o‘g‘li