Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Hokimliklarda ichki audit xizmatlari tashkil etiladi


Hokimliklarda ichki audit xizmatlari tashkil etiladi

“Byudjet mablag’laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezident Farmoni (PF-100-son, 10.07.2024 y.) qabul qilindi.

Unga ko’ra, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmasida ichki audit xizmatlari tashkil etiladi.

Hisob palatasiga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat tizimini joriy etishga, shuningdek, uning samarali faoliyat ko’rsatishiga doir chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish vakolati beriladi.

Davlat moliyaviy nazorati organlari hamda ichki audit xizmatlarining yillik ish rejalariga kiritiladigan moliyaviy nazorat va ichki audit tadbirlari majburiy tartibda Hisob palatasi bilan kelishiladi.

Davlat moliyaviy nazorati organlari hamda ichki audit xizmatlari tashkil etilgan vazirlik va idoralarga, Markaziy bank va tijorat banklaridan byudjet tashkilotlari hamda byudjet mablag’larini oluvchilarning byudjet va davlat qarzi mablag’larining harakatiga doir ma’lumotlarni markazlashgan tartibda so’rab olish vakolati beriladi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Boshlig’i                                                                        A.Toshmatjonov