Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi 2024-yil 27-oktyabrda oʻtkaziladi.


Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi 2024-yil 27-oktyabrda oʻtkaziladi.

 

        2023-yil 18-dekabr kuni oʻzbekiston Respublikasining “oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-883-sonli Qonuni qabul qilingan.

     Mazkur qonunga asosan saylovlar birinchi marta majoritar-proporsional (aralash) tizim asosida oʻtkaziladi. Bu tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga boʻlinadi. Parlament quyi palatasi deputatlarining 75 nafari bir mandatli saylov okruglari boʻyicha majoritar tizim (nomzod uchun ovoz berish), qolgan 75 nafari proporsional tizim boʻyicha, yaʼni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida (partiya roʻyxati asosida) saylanadi.

Ushbu yangi tizim siyosiy partiyalar va deputatlar oʻrtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi hamda mamlakat hayotida siyosiy partiyalarning rolini va fuqarolarning siyosiy faolligini oshirish, shu jumladan ularning davlat hokimiyatini shakllantirish jarayonida muayyan gʻoya va maqsadlarni koʻzlab ishtirok etishlarini taʼminlashga xizmat qiladi.Bunday saylov tizimida partiyalar muhim oʻrin tutadi. Ular aholi bilan munosabatlarini taʼsirchan va natijador boʻlishiga harakat qiladi.

Partiya oʻz dasturi orqali xalqni ishontira olsagina muayyan ovozga erishadi, yaʼni saylovda qaysi partiya umumiy saylovchilarning qancha foiz ovozini qoʻlga kiritgan boʻlsa, mamlakat parlamenti quyi palatasida shunga mutanosib ravishda deputatlik oʻrinlarini egallaydilar.

 

 

Bekobod shahar adliya boʻlimi yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonkulti Norqoʻziyev Jamshid Baxtiyorovich.