Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Xodimni masofadan turib ishlashga qabul qilishni va o‘tkazishni rasmiylashtirish


Xodimni masofadan turib ishlashga qabul qilishni va o‘tkazishni rasmiylashtirish

Xodimni masofadan turib ishlashga qabul qilish va o‘tkazish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Masofadan turib ishlash to‘g‘risidagi mehnat shartnomasi xodimni masofadan turib ishlashga nomuayyan muddatga yoki muddatli mehnat shartnomasiga ko‘ra qabul qilish haqidagi ish beruvchining buyrug‘i e'lon qilinishi uchun asosdir.

Masofadan turib ishlovchi xodim bilan muddatli mehnat shartnomasini tuzishga mehnat kodeksda nazarda tutilgan cheklovlarga amal qilgan holda yo‘l qo‘yiladi.

Mehnat shartnomasiga doir qo‘shimcha kelishuv doimiy ravishda masofadan turib ishlashga o‘tish to‘g‘risida buyruqni e'lon qilish uchun asos bo‘ladi.

Xodimning vaqtincha masofadan turib ishlashga o‘tishi haqida buyruqni e'lon qilish uchun xodimning masofadan turib ishlashga o‘tishga va ishni masofadan turib bajarish rejimi shartlariga roziligini aks ettiradigan arizasi asos bo‘ladi.

Olmaliq shahar YXKM boshlig’i   M.M.Ashurova