Янгиликлар
Masofadan turib ishlovchi xodimlarning mehnatini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari
Masofadan turib ishlovchi xodimlarning mehnatini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari
Xodimlar bilan masofadan turib ishlash to‘g‘risidagi mehnat shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun masofadan turib ishlovchi xodimlarni zarur uskunalar, dasturiy-texnik vositalar, axborotni himoya qilish vositalari va boshqa vositalar bilan ta'minlash tartibi hamda muddatlari, masofadan turib ishlovchi xodimlar tomonidan bajarilgan ishlar haqidagi hisobotlarni topshirish tartibi va muddatlari, masofadan turib ishlovchi xodimlar tomonidan ularga tegishli bo‘lgan yoki ijaraga olingan uskunalar, tashkiliy texnika, dasturiy-texnik vositalar, aloqa vositalari, axborotni himoya qilish vositalaridan hamda boshqa vositalardan foydalanganlik uchun kompensatsiyaning miqdori, uni to‘lash tartibi va muddatlari, masofadan turib ishlash bilan bog‘liq boshqa xarajatlarning o‘rnini qoplash tartibi jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvida belgilanadi.
Masofadan turib ishlovchi xodimning ish beruvchining buyrug‘iga muvofiq ish beruvchi joylashgan erga qilgan safari, agar xodim yashash joyiga har kuni qaytish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, xizmat safari hisoblanadi.
Olmaliq shahar YXKM boshlig’i M.M.Ashurova