Янгиликлар
Mehnat Kodeksiga asosan xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi tartibi qanday?
Mehnat Kodeksiga asosan xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi tartibi qanday?
Yangi Mehnat kodeksi 302-311-moddalari xizmat tekshiruvi qoidalariga bagʻishlandi.
Kodeksning 303-moddasi talablariga koʻra xizmat tekshiruvi oʻtkazish haqidagi qarorni ish beruvchi qabul qilishga haqli. Yaʼni, bu yerda huquq ish beruvchiga tegishli ekan, har qanday holatda ham xizmat tekshiruvi oʻtkazish majburiy emas.
Lekin xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni miqdorini va uning kelib chiqish sabablarini aniqlashda xizmat tekshiruvi oʻtkazish majburiydir.
Jumladan, Mehnat kodeksining 344-moddasida shunday deyilgan:
-muayyan xodimlar tomonidan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida qaror qabul qilishdan oldin ish beruvchi yetkazilgan zararning miqdorini va uning kelib chiqish sabablarini aniqlash uchun ushbu Kodeksning 302 — 311-moddalarida nazarda tutilgan tartibda xizmat tekshiruvi oʻtkazishi shart.
Demak, barcha ish beruvchilar tushunishlari kerakki, ular xodim tomonidan yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash masalasini hal qilishdan avval, albatta xizmat tekshiruvi oʻtkazishlari, ushbu tekshiruvni oʻtkazishda MK 302-311-moddalari talablariga rioya qilishlari shartdir.
Olmaliq shahar Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti Nodirova Klara Farxadovna