Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Pensiga chiqishda mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat nima?


Pensiga chiqishda mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat nima?

Mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasi mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.

2005-yil 1-yanvardan avvalgi davrlar uchun mehnat staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida, tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanadi.

Mehnat daftarchasi mavjud boʻlmaganda, shuningdek, mehnat daftarchasida zarur yozuvlar boʻlmagan yoki mehnat faoliyati davrlari toʻgʻrisida notoʻgʻri va noaniq yozuvlar mavjud boʻlgan hollarda ish stajini tasdiqlash uchun:

- maʼlumotnomalar;

- buyruqlardan koʻchirmalar;

- shaxsiy hisobvaraqlar va ish haqi berish uchun qaydnomalar;

- mehnat shartnomalari;

- arxiv maʼlumotnomalari va mehnat faoliyati davrlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan boshqa hujjatlar qabul qilinadi.

Shuningdek, mehnat faoliyati davrlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sud tartibida guvohlar koʻrsatmalariga asosan ham hisobga olinishi mumkin.

 

 

Olmaliq shahar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi                

bosh yuriskonsulti                                       Nodirova Klara Farxadovna