Янгиликлар
Yoshga doir pensiyaga muddatidan oldin chiqish kimlarga mumkin
Yoshga doir pensiyaga muddatidan oldin chiqish kimlarga mumkin
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonunning 14-moddasiga koʻra texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslar:
Erkaklar — 58 yoshga toʻlganda va ish staji kamida 25 yil boʻlgan taqdirda;
Ayollar — 53 yoshga toʻlganda va ish staji kamida 20 yil boʻlgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega boʻladilar deb belgilangan.
Demak, Ciz xozirda pensiyaga chiqishingiz uchun mehnat birjasiga murojaat qilasiz va u yerda ishsiz deb roʻyxatga olinganingizdan keyin pensiya yoshiga yetmasdan xam pensiyaga chiqishingiz mumkin boʻladi. Agar mehnat birjasi sizga maqbul keladigan ish topib bersa yana ikki yil ishlab keyin chiqishingiz xam mumkin.
Olmaliq shaxar Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti Nodirova Klara Farxadovna