Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Agar maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror uch oyda kelmasa nima boʻladi?


Agar maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror uch oyda kelmasa nima boʻladi?

 

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 31-maydagi 68-son buyrugʻiga ILOVA "Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida"gi YOʻRIQNOMAning 69-bandiga koʻra agar maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab uch oy mobaynida ijroga qaratilmagan boʻlsa (qaror nusxasi huquqbuzarga topshirilmagan, huquqbuzarning ishlash, yashash joyiga yoki davlat ijrochisiga yuborilmagan boʻlsa va h. k.), u holda bunday qaror ijro etilmaydi. Ushbu holat boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi va aybdor mansabdor shaxsga nisbatan tegishli intizomiy chora koʻrilib, u haqidagi maʼlumot maʼmuriy ish hujjatlariga qoʻshib qoʻyiladi.

 

 

Olmaliq shaxar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi                  

bosh yuriskonsulti                                  Aralov Akrom Joʻrayevich