Янгиликлар
18. Ikki joyda ishlaganda, aliment qaysi ish joyidan toʻlanadi?
18. Ikki joyda ishlaganda, aliment qaysi ish joyidan toʻlanadi?
Aliment har ikki ish joyingizdagi daromadingizdan hisoblab chiqariladi.
Oila kodeksining 96-moddasida har bir ota-ona oʻzining voyaga yetmagan farzandi uchun aliment toʻlashi shart ekanligi belgilangan.
Ushbu kodeks 99-moddasiga muvofiq aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining:
• bir bola uchun — toʻrtdan bir qismi;
• ikki bola uchun — uchdan bir qismi;
• uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi.
Eʼtibor bergan boʻlsangiz, normada “ish haqi va boshqa daromadlar” jumlasi keltirilgan. Soliq kodeksining 368-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasidagi va uning tashqarisidagi manbalardan olingan daromadlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining (resident) jami daromadlarini tashkil etishi belgilangan.
Shuningdek, ushbu kodeks 371-moddasiga muvofiq mehnatga haq toʻlashga oid daromad jami daromadlar tarkibiga kirishi qayd etilgan.
Yuqoridagi qoidalarga muvofiq sizning ikki ish joyidan olgan daromadlaringiz qoʻshilgan holda MIB tomonidan aliment miqdori belgilanadi.
Olmaliq shaxar Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti Aralov Akrom Joʻrayevich