Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Soliq to‘lash muddatini keyinroq muddatga, bunda qarz summasiga foizlar hisoblangan holda ko‘chirish soliq to‘lash muddatini o‘zgartirish deyiladi.


Soliq to‘lash muddatini keyinroq muddatga, bunda qarz summasiga foizlar hisoblangan holda ko‘chirish soliq to‘lash muddatini o‘zgartirish deyiladi.

 

➡️ Bu ikki xil shaklda amalga oshiriladi:

 

1. Soliq to‘lash muddatini kechiktirish;

 

2. Soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash.

 

✅ Soliq to‘lashni kechiktirish va bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati 1 yildan oshmagan muddatga berilib, bunda manfaatdor shaxs (yuridik va jismoniy shaxs) bu imkoniyatdan foydalanish uchun ariza berishi mumkin. Soliq to‘lash muddatini o‘zgartirish imkoniyati uchun Soliq kodeksining 100-moddasiga ko‘ra quyidagilar shartlar mavjud:

 

➖ Shaxs tabiiy ofat, texnologik falokat natijasida zarar ko‘rganligi;

 

➖ To‘lovga qobilaysizlik alomatlari paydo bo‘lish xavfi;

 

➖ Shaxs oxirgi 3 yilda soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab kelganligi;

 

➖ Jismoniy shaxsning mulkiy holati soliqni bir yo‘la to‘lash imkoniyati bermasa;

 

➖ To‘lovga qobiliyatsizlik ishi bo‘yicha sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv joriy etilgan bo‘lsa va boshqa holatlar.

 

 

 

O`rta Chirchiq tumani yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig`I   Mirzayev Alisher Akromovich