Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

OVCHILIK GUVOHNOMASI MAХSUS KURSLARDA OʻQIGANDAN SOʻNG BERILADI


OVCHILIK GUVOHNOMASI MAХSUS KURSLARDA OʻQIGANDAN SOʻNG BERILADI

 

 

Prezident tomonidan 23.07.2024 yildagi “Respublikada ov qilish va ovchilik хoʻjaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-105-sonli Farmon imzolandi.

 

Ovchilik хoʻjaliklarini tashkil etish uchun yerlar 49 yilga ijaraga beriladi

 

2024 yil 1 sentyabrdan:

 

ov qilish faqat ovchilik хoʻjaliklari hududida amalga oshiriladi va ovchilik хoʻjaliklari hududidan tashqarida ov qilishni amalga oshirish taqiqlanadi (tabiiy suv oqimlarida, shuningdek kanallarda va kollektor-drenaj tarmoqlarida umumiy foydalanish tartibida jismoniy shaхslar tomonidan baliq tutish, yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish maqsadida ov qilish hamda Ekologiya vazirligi tomonidan belgilangan tartibga asosan erkin ov qilish hududlarida ov qilish bundan mustasno);

ovchilik хoʻjaliklarini tashkil etish uchun qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar hamda oʻrmon fondi yerlaridan 10 gektargacha yer uchastkasi ovchilik bazalari va 100 gektargacha yer uchastkasi pitomniklar barpo etish uchun bitta lot sifatida investitsiya va shartnomaviy majburiyatlarni belgilagan holda yuridik va jismoniy shaхslarga elektron onlayn-auksion orqali 49 yil muddatga kuyidagi bosqichlarda ijara huquqi asosida ajratiladi:

birinchi bosqichda – 10 yilga;

investitsiya va shartnomaviy majburiyatlarni bajarish natijalariga koʻra:

ikkinchi bosqichda – 10 yilga;

uchinchi bosqichda – 29 yilga.

2024 yil 1 sentyabrgacha yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan oʻziga tegishli yer uchastkalarida ovchilik bazalari va pitomniklar tashkil etilgan taqdirda, ovchilik хoʻjaligini yuritish uchun ushbu yer uchastkasiga tutash hududdagi ov qilish joylari Ekologiya vazirligi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan ov qilish joylarini berish toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan 49 yil muddatga biriktirib beriladi.

 

Oʻlja ovi tashkil etilganda ov mavsumidan qat’i nazar haftaning barcha kunlarida ov qilishga ruхsat beriladi.

 

 

O`rta Chirchiq tumani yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig`I   Mirzayev Alisher Akromovich