Янгиликлар
Qoʻshimcha soliq imtiyozlari
Qoʻshimcha soliq imtiyozlari
2024 yil 1 sentyabrdan 2027 yil 1 sentyabrgacha boʻlgan davrda:
"Hunarmand" uyushmasi a’zolari uchun belgilangan soliq imtiyozlari zargarlik buyumlari ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi va "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi a’zolari boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham tatbiq etiladi;
zargarlik buyumlari ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi va "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi a’zolari boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlarining ishlab chiqarishda foydalaniladigan koʻchmas mulk ob’yektlari va yer uchastkalari mol-mulk soligʻi va yer soligʻidan ozod qilinadi.
Hujjat bilan Zargarlik sanoatini rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi tashkil etildi. Quyidagilar tasdiqlandi:
2024-2027 yillarda zargarlik sanoatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi.
2024-2027 yillarda zargarlik sanoatini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari.
O`rta Chirchiq tumani yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig`I Mirzayev Alisher Akromovich