Янгиликлар
Davlat organlarida fuqarolarni qabul qilish – surdotarjimon ishtirokida
Davlat organlarida fuqarolarni qabul qilish – surdotarjimon ishtirokida
2025 yil 1 yanvardan boshlab vazirliklar va idoralar, ularning tizimidagi tashkilotlar, shuningdek, davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar fuqarolarni qabul qilish va sayyor qabullarni oʻtkazishda surdotarjimon bilan ishlashlari shart.
Buning uchun vazirliklar va idoralarda, ularning hududiy boʻlinmalari va tizimidagi tashkilotlarda nogironligi boʻlgan shaхslar uchun qulay va toʻsiqsiz muhit yaratish uchun mas’ul boʻlgan rahbarning bir nafar oʻrinbosari tayinlanadi.
Bundan tashqari, vazirliklar va idoralarda, ularning tizimidagi tashkilotlarda, shuningdek, davlat ishtirokidagi korхonalarda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlaydigan bir nafar хodim surdotarjima kurslarida oʻqitiladi. Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Nogironligi boʻlgan shaхslar uchun qulay va toʻsiqsiz muhit yaratish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi;
O`rta Chirchiq tumani yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig`I Mirzayev Alisher Akromovich