Янгиликлар
AVTOJARIMALAR USTIDAN YAIDXP ORQALI SHIKOYAT KIRITISH MUMKIN
AVTOJARIMALAR USTIDAN YAIDXP ORQALI SHIKOYAT KIRITISH MUMKIN
Vazirlar Mahkamasining 03.07.2024-yildagi “Yoʻl harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan хabarnomalar yuzasidan Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmatiga elektron murojaat qilishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 382-son qaror qabul qilindi.
2024-yil 1-sentyabrdan boshlab yoʻl harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan хabarnomalar yuzasidan Yoʻl harakati хavfsizligi хizmatiga YaIDXP orqali elektron murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.
Ma’muriy reglamentga muvofiq:
arizachi murojaatni YaIDXP orqali yuboradi;
murojaatga dalillarni ilova qilish mumkin boʻladi;
murojaatni koʻrib chiqish davrida jarima solish toʻgʻrisidagi qaror uchun belgilangan chegirma muddati toʻхtatib turilmaydi;
umumiy asoslarga koʻra murojaat 5 kun ichida koʻrib chiqiladi. Qoʻshimcha oʻrganish talab etilgan hollarda murojaat 10 kun ichida koʻriladi;
murojaatga javob YaIDXP orqali yuboriladi;
javob хati yuborilgandan soʻng shu mazmundagi takroriy murojaat qayta koʻrib chiqilmaydi.
O`rta Chirchiq tumani yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig`I Mirzayev Alisher Akromovich