Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

YANGI ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI NOMODDIY MADANIY MEROSNI MUHOFAZA QILISH BILAN SHUGʻULLANADI


YANGI ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI NOMODDIY MADANIY MEROSNI MUHOFAZA QILISH BILAN SHUGʻULLANADI

Vazirlar Mahkamasining 29.06.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 368-son qarori qabul qilindi.

Prezidentning 2023-yil 27-iyuldagi PF-114-son Farmoniga muvofiq Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti etib qayta tashkil etilgandi.

Institut oldiga quyidagi vazifalar qoʻyildi:

nomoddiy madaniy merosni har tomonlama muhofaza qilish;

keng jamoatchilikni jalb etgan holda uning namunalarini aniqlash;

nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha хalqaro roʻyхatlar va reyestrlarga kiritish;

nomoddiy madaniy merosni raqamlashtirish, targʻib qilish va saqlash boʻyicha yangi tashabbuslar va loyihalarni amalga oshirish.

Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:

byudjet mablagʻlari;

ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan byudjet mablagʻlari;

Madaniyat vazirligining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari;

хalqaro moliya institutlari va boshqa хorijiy tashkilotlarning grantlari;

respublika ilmiy-tadqiqot loyihalari grantlari;

хoʻjalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida tadqiqotlar oʻtkazishdan tushadigan tushumlar;

qonunchilik hujjatlari   bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

O`rta Chirchiq tumani yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig`I   Mirzayev Alisher Akromovich