Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

“Yo'llar va yo'l infratuzilmasining yaxshi holatda saqlanishini ta'minlash hamda hududlarni obodonlashtirish bo'yicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”


“Yo'llar va yo'l infratuzilmasining yaxshi holatda saqlanishini ta'minlash hamda hududlarni obodonlashtirish bo'yicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2024-yil 1-iyuldagi 241 sonli Prezident qaroriga ko`ra, ruxsatnoma olmasdan yo'l obyektida qurilish va ta'mirlash ishlarini amalga oshirganlik yoki yo'l obyektining avvalgi holatini tiklash bo'yicha majburiyatni bajarmaslik holati bo'yicha huquqbuzarlik aniqlanishiga faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarimaning 50 foizi miqdorida mukofot puli beriladi.

 

Hududlar qiyofasini yaxshilash maqsadida eksperiment tariqasida 2024-yil 1-sentyabrdan 2025-yil 1-sentyabrgacha joylardagi hokimlar belgilab beradigan muayyan hududda quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

 

➖fuqarolar va yuridik shaxslarning ularga tegishli bino va inshootga tutash hududlarni obodonlashtirish borasidagi mas'uliyati OAV, ijtimoiy tarmoqlar orqali har bir mahallada mahalla raislari tomonidan tushuntirilishini tashkil qilish;

 

➖ko'p qavatli uylar hovlisi va atrofi, yo'l hamda ko'cha chetlarining obodonlashtirilgan namunaviy ko'rinishini tasdiqlash;

 

➖yo'l va ko'cha chetlaridagi bo'sh yerlarni ko'kalamzorlashtirish bo'yicha dastur tasdiqlash.

 

O`rta Chirchiq tumani yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig`I   Mirzayev Alisher Akromovich