Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

#Bilasizmi


#Bilasizmi

 

Qonunchilikka ko'ra, 10 va undan ortiq yo'lovchidan iborat guruhlar chiptalarining umumiy qiymatidan jamoaviy chipta bo'yicha quyidagi miqdorda chegirmalar taqdim qilinadi:

 

yo'nalish masofasi 2000 km gacha bo'lganda (boshqa poyezdga o'tishni hisobga olib):

 

➖ guruhdagilar 10 nafardan 24 nafargacha bo'lganda chiptalarning umumiy to'liq qiymatidan 10 foiz;

 

➖ guruhdagilar 25 nafar va undan ortiq bo'lganda chiptalarning umumiy to'liq qiymatidan 15 foiz;

 

yo'nalish masofasi 2000 km dan ortiq bo'lganda (boshqa poyezdga o'tishni hisobga olib):

 

➖ guruhdagilar 10 nafardan 24 nafargacha bo'lganda chiptalarning umumiy to'liq qiymatidan 20 foiz;

 

➖ guruhdagilar 25 nafar va undan ortiq bo'lganda chiptalarning umumiy to'liq qiymatidan 30 foiz.

 

Qibray tumani Adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                A.T.To‘qsonov