Янгиликлар
Yoʻl_qoidalariga_amal_qiling !
Yoʻl_qoidalariga_amal_qiling !
Yoʻl harakati qoidalariga koʻra, quyidagi hollarda odamlarni tashish taqiqlanadi:
bolalarni yuk avtomobillarining yukxonasida;
transport vositasining kabinasidan tashqarida (odam tashish uchun moʻljallangan bortli yuk yoki furgon-yuk xonali avtomobillar bundan mustasno);
traktorlar va boshqa oʻziyurar uskunalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari yukxonasida;
mototsikllarning konstruksiyasida koʻzda tutilgan joylaridan tashqarida;
12 yoshga toʻlmagan bolalarni mototsiklning orqa oʻrindigʻida, shuningdek bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma oʻrnatilmagan transport vositasining old oʻrindigʻida;
odam soni transport vositasining texnik tavsifnomasida koʻzda tutilgan miqdordan ortiq boʻlganda.
Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korxona belgilagan ruxsat etilgan vazndan oshmasligi kerak.
Quyi Chirchiq tumani Adliya bo’limi
Yuridik xixmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsul’ti To’ramurod Chegaboyev