Янгиликлар
Endilikda qishloq xo'jaligi yerlariga bo'lgan ijara huquqini sotish mumkin
Endilikda qishloq xo'jaligi yerlariga bo'lgan ijara huquqini sotish mumkin
2024-yil 1-martdan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari ijarachilariga ijaraga berilgan yer uchastkalari bo'yicha o'z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o'tkazishga (qayta ijaraga berishga) ruxsat etiladi.
Bunda:
▫shartnoma bo'yicha huquq va majburiyatlar yer uchastkasidan foydalanish maqsadini o'zgartirmagan holda o'tkaziladi;
▫ijaraga oluvchi yerga ijara huquqini o'tkazishdan oldin undan kamida 3 yil, 2021-yilgacha hokim qarori bilan olgan bo'lsa, kamida 5 yil davomida o'zi foydalangan bo'lishi kerak;
▫ijaraga oluvchi auksion yoki ochiq elektron tanlov natijasiga ko'ra bo'lib-bo'lib to'lash yoki qo'shimcha to'lov majburiyatlarini to'liq bajargan bo'lishi shart;
▫yuridik shaxslar o'zlariga to'g'ridan to'g'ri ravishda ijaraga berilgan yer uchastkalarini ijara huquqi davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan boshlab 5 yildan keyin boshqa shaxsga o'tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin.
Manba: “Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni.
Mazkur Farmon Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.
Qibray tumani Adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i E.U.Eshonboboyev