Янгиликлар
#Bilasizmi
#Bilasizmi
❗Yangi turmush qurgan yoshlarga o'z xonadonida qo'shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratiladi
“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo'shimcha uy-joy qurish uchun 33 million so'mgacha garovsiz kredit ajratish tartibi belgilangan.
▶ (https://lex.uz/docs/5676240#5676459) Kredit quyidagi shartlar asosida ajratiladi:
▫bozor stavkasida mijoz xohishiga ko'ra 6 oy imtiyozli davr bilan;
▫20 yildan ko'p bo'lmagan muddatga;
▫boshlang'ich badali yakka tartibdagi xonadonda qo'shimcha qurilayotgan uy-joy qiymatining 15 foizidan kam bo'lmagan miqdorda.
☑Shuningdek, qarz oluvchi quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos bo'lishi lozim, jumladan:
kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to'lgan va 30 yoshdan oshmagan bo'lishi;
“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning yangi turmush qurganlari (nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan bo'lishi lozim);
daromad manbalariga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo'jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga ega bo'lishi.
Qibray tumani Adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i E.U.Eshonboboyev