Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Qatar bilan ishchilarni ishga qabul qilish bo'yicha hamkorlik qilinadi


Qatar bilan ishchilarni ishga qabul qilish bo'yicha hamkorlik qilinadi

 

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–18-son, 11.01.2024 y.) qabul qilindi

 

Qarorga ko'ra, O'zbekiston va Qatar Davlati Hukumatlari o'rtasida ishchilarni ishga qabul qilish bo'yicha hamkorlik to'g'risidagi Bitim tasdiqlandi.

 

Mazkur bitim 2023-yil 6-iyunda Samarqand shahrida imzolangan.

 

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organ etib belgilandi.

 

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan nazoratni ta'minlaydi.

 

Qibray tumani Adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                J.Sh.Abdusatarov