Янгиликлар
Kasbiy sertifikatlash imtihonidan o‘ta olmaganlar ishlashi mumkin emasmi?
Kasbiy sertifikatlash imtihonidan o‘ta olmaganlar ishlashi mumkin emasmi?
Ko‘pchilik kasbiy sertifikatlash imtihonidan o‘ta olmagan o‘qituvchilar bizga murojaat qilib ularga endi ishlash mumkin emasligi aytilayotganini yozishmoqda. Bu fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqlarini buzilishi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasiga asosan Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.
Gap nima haqda ketmoqda? Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 2 fevraldagi 87-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga asosan Pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajyor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi.
Ya’ni ishga yangi kirgan pedagoglar bir yildan so‘ng kasbiy sertifikatlash imtihoniga kirishi va imtihondan o‘tishi talab qilinadi. yuqoridagi ma’muriy reglamentning Nazorat sinovi natijasi bo‘yicha 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgor nazorat sinovidan o‘tgan hisoblanadi. Birinchi marotaba nazorat sinovida ishtirok etib, undan o‘ta olmagan talabgor uchun navbatdan tashqari nazorat sinovi har yili yangi o‘quv yili boshlangunga qadar tashkil etiladi. Nizomning 35-bandi talabi bo‘yicha Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball to‘play olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinishi belgilangan. Biroq bu xodimni qayta ishlashi mumkin emas degan xulosa bermaydi. Xodimning qo‘lida davlat tomonidan berilgan diplom bor u diplom bilan boshqa ta’lim muassasasida bemalol ishlashi mumkin. Yoki qayta navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash imtihonida qatnashishi mumkin.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi Yuridik
xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i B.B.Mavlanov