Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Ish haqi qisman saqlanadigan ta’tilga chiqqan paytda nafaqa to’lab beriladimi


 

Ish haqi qisman saqlanadigan ta’tilga chiqqan paytda nafaqa to’lab beriladimi

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 1-ilova “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 19-bandiga ko’ra, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik quyidagi davrlarga to‘g‘ri kelganda nafaqa to‘lanmasligi belgilangan: ish haqi saqlanmagan ta’til, ish haqi qisman saqlanadigan ta’til, bolani parvarishlash bo‘yicha ta’til, ish vaqtincha to‘xtatilgan (ish haqi saqlanmagan vaqtda), xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi to‘lash to‘xtatib qo‘yilganligi sababli ishlamagan, harbiy o‘quv yoki tekshiruv yig‘ini, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘quv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan o‘quv ta’tili vaqtida.

Ushbu davrlardan boshlanib davom etayotgan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi.

 

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti:                  Aktamova Sitora O’tkir qizi