Янгиликлар
ONA TILI VA ADABIYoT O‘QITUVChISI TARBIYa FANIDAN DARS BERIShI MUMKINMI?
ONA TILI VA ADABIYoT O‘QITUVChISI TARBIYa FANIDAN DARS BERIShI MUMKINMI?
“Tarbiya” fanini umumta’lim maktablarining “Boshlang‘ich ta’lim”, “Milliy g‘oya va huquq”, “Tarix”, “Dinshunoslik” mutaxassisligiga ega fan o‘qituvchilari o‘tishi mumkin. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining Umumiy o‘rta talim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2020 yil 6 – iyuldagi 422 – son qarorida belgilab qo‘yilgan.
Bugungi kunda ushbu fan o‘qituvchilari uchun “Tarbiya fanini o‘qitishga” qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha onlayn shaklda malaka oshirish kurslari tashkil etilgan.
«Tarbiya» faniga ajratilgan dars soatlari, avvalo muassasada faoliyat yuritayotgan «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» mutaxassislariga taqsimlanib, bir stavkadan ortiqcha dars soati yuzaga kelgandagina yuqorida nomlari keltirilgan va tegishli malaka oshirish kursidan o‘tgan boshqa fan mutaxassislariga berilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq yangi joriy qilingan “Tarbiya” fanidan birinchi navbatda «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» fanidan dars bergan pedagogga beriladi. Agar bir stavkadan ko‘p bo‘lsa “Boshlang‘ich ta’lim”, “Milliy g‘oya va huquq”, “Tarix”, “Dinshunoslik” mutaxassisligiga ega fan o‘qituvchilari o‘tishi mumkin. Ona tili va adabiyoti o‘qituvchisiga berilishi nazarda turilmagan buning uchun qayta tayyorlov kursida o‘qishingiz kerak
Izoh: 2020 — 2023 yillarda respublika oliy ta’lim muassasalarining «Boshlang‘ich ta’lim», «Tarix» (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha), «Tarix o‘qitish metodikasi», «Filologiya va tillarni o‘qitish: O‘zbek tili», «O‘zbek tili va adabiyoti», «Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi», «Pedagogika va psixologiya», «Dinshunoslik» va Islomshunoslik (Islom tarixi va manbashunosligi)», «Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi)» ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilariga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «Tarbiya» fanini o‘qitish huquqi berilishi yuzasidan zarur choralarni ko‘rsin va mazkur ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi belgilangan. Agar o‘qituvchi 2020-2023 o‘quv yillari bitiruvchisi bo‘lsa yuqoridagi yo‘nalish o‘qituvchilari ham "Tarbiya fanidjan dars berishi mumkin" Vazirlar Mahkamasining 06.07.2020 yildagi 422-son qarori.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi Yuridik
xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i B.B.Mavlanov