Янгиликлар
Xodimni roziligisiz ish haqqidan qanday hollarda ushlab qolinadi
Xodimni roziligisiz ish haqqidan qanday hollarda ushlab qolinadi
Ish beruvchi ba`zi xodimlarning ish xaqqidan ma`lum miqdordagi mablag`larni ushlab qolishga majbur bo`ladilar. Lekin bu jarayon qat`iy qoidalar asosida amalga oshirilishi lozim. Bu maqolada O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining ushlab qolish bilan bog`liq moddalari haqida to`xtalib o`tamiz.
Bular quyidagilar
- Soliqlar va yig`imlarni undirish uchun.
- Sud hujjatlari va boshqa ijro hujjatlarini bajarish uchun.
- Ish xaqqi xisobiga berilgan bo`nak, xizmat safari uchun berilgan mablag`lar hamda hisob-kitobdagi xatolar tufayli ortiqcha to`langan summalarni qaytarib olish uchun.
- Xodim tomonidan ish beruvchiga yetkizilgan zarar (ushbu holatda zarar miqdori xodimni o`rtacha oylik ish xaqqidan oshmasa)
- Intizomiy jarimalarni undirish uchun
- Ta`tilmni ishlab bermagan kunlar uchun, agar mehnat shartnomasi yil tugagunga qadar bekor qilinsa.
Ushlab qolinadigan mablag` miqdorida ham cheklov mavjud . Odatda ushlab qolingan summa xodimni haqiqatda hisoblangan ish xaqqini 50 foizidan oshmasligi kerak. Lekin aliment majburiyatlari, axloq tuzatish ishlari singari hollarda bu miqdor 70 foizgacha yetishi mumkun.
Shuningdek xodimga ortiqcha to`langan ish haqi undan undirish taqiqlanadi. Faqatgina xisoblashdagi xatolik, xodimning xodimni mehnat normalarini bajarmaganligi yoki g`ayriqonuniy harakatlar tufayli ortiqcha to`lov qilinganda uni qaytarib olish mumkun.
Yana bir muxim qoida shuki, xodimni arizasiga ko`ra ish haqini yoki uning bir qismini kreditorlar, kommunal to`lovlar va boshqa xarajatlar uchun yuborish mumkun. Bu holda yuqorida aytib o`tilgan 50 foiz cheklovlari qo`llanilmaydi.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti: Aktamova Sitora O’tkir qizi