Янгиликлар
Ish beruvchi qanday hollarda xodimni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etishi mumkun.
Ish beruvchi qanday hollarda xodimni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etishi mumkun.
Soʻngi payitlarda xodimlar tomonidan juda koʻp berilayotgan savollardan biri bu ish beruvchi xodimni ish vaqtidan tashqari ishga jalb eta oldimi, agar mumkun boʻlsa qanday hollarda .
Amaldagi kodeksimizning 189-moddasida “Ish vaqtidan tashqari ish” masalasi batafsil bayon etilgan.
Ish vaqtidan tashqari ish bu nima.
Ish beruvchi tomonidan xodimni xodim uchun belgilangan ish vaqti davomiyligidan tashqari ishga jalb etish ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi.
Ish beruvchi tomonidan xodimni uning roziligisiz ish vaqtidan tashqari ishga jalb etishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
1) tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega halokatlarning, ishlab chiqarishdagi avariyalarning, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning, shuningdek yongʻinlarning, toshqinlarning, zilzilalarning, epidemiyalarning yoki epizootiyalarning oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etish hamda aholining yoxud uning bir qismining hayotiga yoki normal yashash sharoitlariga tahdid soladigan boshqa alohida hollarda bajarilgan ishlar amalga oshirilganda;
2) markazlashtirilgan issiq suv taʼminoti, sovuq suv taʼminoti va (yoki) suv chiqarish tizimlarining, gaz taʼminoti, issiqlik taʼminoti, yoritish, transport, aloqa tizimlarining normal ishlashini buzadigan kutilmagan holatlarni bartaraf etishga doir ijtimoiy jihatdan zarur ishlar amalga oshirilganda;
3) agar ishda tanaffusga yoʻl qoʻyilmasa, smena almashayotgan xodim kelmay qolganda ishni davom ettirish uchun. Bunday holda ish beruvchi zudlik bilan smenachini boshqa xodim bilan almashtirish choralarini koʻrishi shart.
Yani ish beruvchi xodimni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etilayotganda axamiyat berishi kerak boʻlgan jixat shundaki, yuklanayotgan vazifa xodimning mehnat vazifasi doirasida yoʻl qoʻyiladi.
Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolaning (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning) ota-onasidan biri (ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxs) faqat oʻz yozma roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Aloxida axamiyat axamiyat beradigan jixatlaridan biri homilador ayollarni va uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga bunday ish homilador ayolning hamda bolaning hayotiga va sogʻligʻiga xavf tugʻdirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa mavjud boʻlgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi.
Ish beruvchi xodimni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etganda uning davomiyligi yiliga bir yuz yigirma soatdan oshmasligi lozim.
Ish beruvchi xodimni ish vaqtidan tashqari ishining davomiyligini aniq xisobini olinishini taʼminlashi shart.
Angren shahar YUXKM
Bosh yuriskonsulti S.Aktamova