Янгиликлар
Ish o’rni qiqartirilayotgan xodimlarga qanday to’lovlar qilinadi
Ish o’rni qiqartirilayotgan xodimlarga qanday to’lovlar qilinadi
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 161-moddasida tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) o‘z muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qarori bilan tugatilganligi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyatning tugatilganligi yoki texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilot (uning alohida bo‘linmasi), yakka tartibdagi tadbirkor xodimlari sonining yoki shtatining o‘zgarganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilinayotga xodimlarga ikki oy oldin ish beruvchi o‘zining mehnat shartnomasini bekor qilish niyati haqida yozma shaklda (imzo qo‘ydirib) ogohlantirishi shartligi belgilangan.
Shuningdek, ish beruvchi ogohlantirish muddatlarini ogohlantirish muddatining davomiyligiga muvofiq keladigan pulli kompensatsiya bilan almashtirishga haqli. Bundan tashqari ishdan bo‘shatish nafaqasi ish stajiga bog‘liq holda:
uch yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun — o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan;
uch yildan besh yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun — o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan;
besh yildan o‘n yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun — o‘rtacha oylik ish haqining yuz foizidan;
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun — o‘rtacha oylik ish haqining bir yuz ellik foizidan;
o‘n besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun — o‘rtacha oylik ish haqining ikki yuz foizidan kam bo‘lishi mumkin bo’lmagan holatda ishdan bo’shatish nafaqasi to’lab beriladi.
Ish o’rni qiqartirilayotgan xodimlarga mehnat shartnoma bekor qilinayotganda o’z o’rnida barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya ham to‘lanadi.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti: Aktamova Sitora O’tkir qizi