Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Modulli mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi!


Modulli mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi!

Mamlakatimizda ekologik turizmni rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, sohaga qo’shimcha investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, modulli mehmonalarni tashkil qilishda tadbirkorlik subyektlarini yanada qo’llab-quvvatlash hamda tog’li va chekka hududlarda turizm infratuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 13.09.2024 kuni “Modulli mehmonxonani qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratish tartibi to’g’risida”gi vaqtinchalik nizomni tasdiqladi.

2024-yil 1-oktabrdan 2026-yil 31-dekabrga qadar tadbirkorlik subyektlari timonidan modulli mehmonxonani qurish va jihozlash harajatlarining bir qismini qoplash uchun Turizmni qo’llab-quvvatlash jamg’armasidan bir martalik subsidiya ajratiladi.

Unga ko’ra, subsidiya 2024-yil 1-oktabrdan 2026-yil 1-noyabrgacha muvofiqlik sertifikati berilgan yangi tashkil etilgan hamda kamida 10 ta moduldan iborat bo’lgan modulli mehmonxona uchun uning toifasidan qat’i nazar ajratiladi.

Subsidiya modulli mehmonxonada yaratilgan har bir joy uchun 1 million so’mdan belgilanadi. Bunda subsidiya miqdoriga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferentsiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida” 2024-yil 24-maydagi PQ-193-son qarori talablariga asosan amalga oshiriladi.

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti                                               N.I.Raimjonova