Янгиликлар
Yakka tartibdagi mehnat nizolarini sudda ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari qanday?
Yakka tartibdagi mehnat nizolarini sudda ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari qanday?
Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni, mehnat shartnomasini qo‘llash masalalari bo‘yicha yakka tartibdagi mehnat nizolarini (da’vo xususiyatiga ega yakka tartibdagi mehnat nizolari) ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksigaasosan belgilanadi, sudlarda mehnat nizolari bo‘yicha ishlarni ko‘rish tartibi esa bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan. Xodim uchun yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud mehnat shartlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi yakka tartibdagi mehnat nizolari (da’vosiz xususiyatga ega bo‘lgan yakka tartibdagi mehnat nizolari) ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan hal etiladi.
Yakka tartibdagi mehnat nizolari quyidagilar tomonidan ko‘rib chiqiladi:
mehnat nizolari bo‘yicha komissiyalar tomonidan
sud tomonidan.
Xodim mehnat nizosini hal qilish uchun o‘z tanloviga ko‘ra mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqli.Har qanday yakka tartibdagi mehnat nizosi mehnat nizolari bo‘yicha komissiyada yoki sudda ko‘rib chiqishning istalgan bosqichida, sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun kirishidan oldin «Mediatsiya to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish uchun mediatorga o‘tkazilishi mumkin.
Qonunchilikka ko‘ra, Yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish uchun quyidagi muddatlar belgilangan.
✔️ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi ish beruvchi buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan
e’tiboran 3 oy;
✔️xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha ish beruvchi zarar yetkazilganligini aniqlagan kundan
e’tiboran 1-yil;
✔️boshqa mehnat nizolari bo‘yicha xodim o‘zining huquqi buzilganligi to‘g‘risida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan e’tiboran 6 oy.
Xodimning hayotiga va sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha, shuningdek xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish haqidagi nizolar bo‘yicha sudga murojaat etish muddati belgilanmaydi.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti N.I.Raimjonova