Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Ma’muriy huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning qanday huquqlari bor ?


Ma’muriy huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning qanday huquqlari bor ?

Ma’muriy huquqbuzarlik deganda qonunchilikka binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.

????O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining  294-moddasida  ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning quyidagi huquqlari mavjudligi belgilab qo’yilgan:

???? ish materiallari bilan tanishib chiqishga;

???? izohlar berishga;

????dalillar keltirishga;

????o‘z iltimosini bayon etishga;

????ishni ko‘rib chiqish vaqtida advokatning yuridik yordamidan foydalanishga;

????o‘z ona tilida so‘zlashga va tarjimonning xizmatlaridan foydalanishga;

???? ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir.

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti                                               N.I.Raimjonova