Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

AUDIT VA AUDITORLIK TEKSHIRUVI BU NIMA?


AUDIT VA AUDITORLIK TEKSHIRUVI BU NIMA?

AUDIT — muayyan vakolatlar berilgan shaxslar auditorlar (auditorlik firmalari) tomonidan xo‘jalik yuritayotgan subyektlarning moliyaviy hisobotlari to‘g‘riligini, ular amalga oshirgan moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasining qonunlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlariga qay darajada muvofiqligini, shuningdek mukammalligi va asosliligini, buxgalteriya hisob-kitobi va boshqa moliyaviy hisobot yuritishga doir talablarga qay darajada monandligini tekshirish maqsadida o‘tkaziladigan moliya hujjatlarining ekspertizasi va tahlilidir. Audit shuningdek konsaltingni — mijoz bilan shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.

AUDITORLIK TEKSHIRUVI-bu moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot to‘g‘riligi va qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan bog‘liq moliyaviy axborotni auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir.

Auditorlik tekshiruvi qay tarzda o’tkazilishiga ko’ra majburiy va tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvlarga bo’linadi. Shuningdek, auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra ham o’tkazilishi mumkin. «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunga muvofiq faoliyat turiga ko’ra quyidagi iqtisodiy subyektlar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi kerak: aktsiyadorlik jamiyatlari; banklar va boshqa kredit tashkilotlari; sug’urta tashkilotlari; investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning boshqaruv kompaniyalari; manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo’lmish xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar; mablag’larning hosil bo’lish manbalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo’lmish byudjetdan tashqari fondlar; ustav fondida davlatga tegishli ulush bo’lgan xo’jalik yurituvchi subyektlar.

Majburiy auditorlik tekshiruvidan bo’yin tovlagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga soliq organi tomonidan jarima solinadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari esa majburiy auditorlik tekshiruvidan bo’yin tovlaganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Undirilgan jarima jarima solish to’g’risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 10 kun ichida to’lanib, to’liq miqdorda respublika byudjetiga o’tkaziladi. Agar jarima o’z vaqtida to’lanmasa, soliq qonunchiligiga muvofiq peniya hisoblangan holda so’zsiz undirib olinadi.

 

 

 

 

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti                                               N.I.Raimjonova