Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

6 oylik kurslarda o‘qib, yurist bo‘lib ishlash imkoniyati borligini bilasizmi?


6 oylik kurslarda o‘qib, yurist bo‘lib ishlash imkoniyati borligini bilasizmi?

 

 

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 iyundagi 453-son qarori bilan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari tashkil etilgan.

 

Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan barcha shaxslar hujjat topshirishlari hamda suhbat tarzidagi kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib,  qayta tayyorlash kursiga o‘qishlari mumkin.

 

????      Mazkur kurslar davlat organlari va tashkilotlarning yuridik ma'lumot hamda bilim talab etadigan kasb va lavozimlarida faoliyat olib borish uchun yetarli darajadagi bilim olish va ko‘nikma shakllantirishni nazarda tutadigan oliy ta'limdan keyingi o‘qitish shakli hisoblanadi.

 

????      Kurs bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom berilib, ular davlat organlari va boshqa tashkilotlarda bosh yuriskonsult, Adliya organlari va muassasalarida, YXKM ( markaz boshlig'i) , Davlat xizmatlari markazlarida (DXM direktori, bo'lim boshlig'i, bosh mutaxassis, yetakchi mutaxasis, katta mutaxassis), shuningdek fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ishlash huquqiga ega bo‘ladilar (FHDYO mudiri, 1- va 2-toifali inspektor).

 

????      "Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" VMQ loyihasiga ko'ra, kurs bitiruvchilari Sudya yordamchisi, Advokat yordamchisi, Notarius yordamchisi, MIB ijrochisi lavozimlarida ham ishlashlari mumkin bo'ladi.

 

❗️       6 oylik kurslarga bir yilda ikki marta qabul bo'lib o'tadi, noyabr (kunduzgi) va may oylarida (masofaviy).

 

 

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish markaz boshlig’i                                 O.R.Raximberdiyev