Янгиликлар
Jamiyatimizda gender tengligi tamoyillariga qanchalik rioya qilinmoqda?
Jamiyatimizda gender tengligi tamoyillariga qanchalik rioya qilinmoqda?
Хоzirgi kunda murojaatlarning ko'p qismini noqonuniy ishdan bo'shatish yoki ishga qabul qilishni noqonuniy rad etish tashkil etadi, mehnat huquqi sohasida eng ko'p huquqlari buzilayotgan jins vakillari bu ayollardir, homilador ayollarni va 3 yoshga to'lmagan bolasi bor ayollarni ish beruvchilar aksariyat hollarda ishga olishni rad etishmoqda. Yangi qabul qilingan MKning 392-moddasida homiladorligi yoki farzandlari borligi sababli ishga qabul qilishni rad etishni yoki ish haqi miqdorini kamaytirishni taqiqlangan bo'lsada, amaliyotda ayollarning mehnat huquqlari to'liq kafolatlanmagan.
Mehnat huquqi sohasida xotin-qizlarning rolini oshirish maqsadida quyidagini taklif etaman:
Mulkchillik shakillaridan qat'iy nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlardagi xodimlarning kamida 40 foizni xotin-qizlar tashkil etishini belgilovchi qonun yoki qonun osti hujjati qabul qilinishi (ayrim sohalar bundan mustasno) kerak, faqatgina shu yo'l orqali xotin-qizlarning mehnat huquqlarini to'liq kafolatlashning imkoni bo'ladi
Kanadada xotin-qizlar mamlakatdagi iqtisodiy va ijtimoiy resurslarning muhim qismidir. Xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi tenglik Kanadaning inson huquqlariga bo‘lgan yondashuvining ajralmas qismidir. Kanadada xotin-qizlar ishchi kuchining deyarli yarmini tashkil qiladi, ular mamlakat iqtisodiyotiga 18 milliard dollardan ortiq hissa qo‘shgan bo‘lib, 800 000 kompaniyaga egalik qiladi. Kanada xotin-qizlarining mamlakat byudjeti daromadlariga to‘laydigan soliqlar ulushi 50 foizni tashkil qiladi. Advokatlar, menejerlar va buxgalterlarning 50 foizini xotin-qizlar tashkil qiladi1. Universitetlarda erkaklarga qaraganda ikki baravar ko‘p ayol talaba bo'ladi.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish markaz boshlig’i O.R.Raximberdiyev