Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

DAVLAT XOKIYATI TIZIMI.


DAVLAT XOKIYATI TIZIMI.

 

O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi (asos: Konstitutsiya 11-modda).

 

Qonun chiqaruvchi hokimyat - O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.‌‌

 

Ijro etuvchi hokimyat - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi, shuningdek, tegishli hududdagi ijro etuvchi hokimiyatga viloyat, tuman va shahar hokimi boshchilik qiladi.

 

Sud hokimyati - O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatdan, siyosiy partiyalardan, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan mustaqil holda ish yuritadi.

 

Mazkur prinsip sharofati bilan har bir hokimiyat tizimi boshqasining o‘z vakolat doirasidan chiqmasligini nazorat qiladi, hokimiyatning suiiste'mol qilinishi va qonunbuzarliklarning oldi olinadi.

 

Viloyat hokimlari o'z hududlarida ijro etuvchi hokimyatga rahbarlik qilish bilan birgalikda Oliy Majlis Senat (yuqori palata) a'zosi ham hisoblanadi.

 

 

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish markaz boshlig’i                                 O.R.Raximberdiyev