Янгиликлар
Kimlar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmaydi?
Kimlar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmaydi?
"Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi qonun ko'ra, DFXga qabul qilish mumkin bo'lmagan shaxslar:
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar, agar davlat fuqarolik xizmati lavozimiga doir malaka talablarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa;
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
sudning qarori bilan muayyan muddatga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilingan shaxslar;
korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslar;
og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar;
tibbiy xulosaga asosan sog‘lig‘ining holati davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash imkonini bermaydigan shaxslar;
davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan, davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida qonunning 13-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etishni rad qilgan shaxslar.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish markaz boshlig’i O.R.Raximberdiyev