Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Yoshlar parlamenti qanday tashkilot, kimlar a'zo bo'lishi mumkin va asosiy vazifalari nimalardan iborat


Yoshlar parlamenti qanday tashkilot, kimlar a'zo bo'lishi mumkin va asosiy vazifalari nimalardan iborat

 

Yoshlar parlamenti bir yuz ellik nafar a’zodan iborat. Yoshlar parlamenti a’zoligi uchun nomzodlar siyosiy partiyalarning respublika tashkilotlari tomonidan turli yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan tashabbuskor, yuksak ma’naviyatli, davlat va jamiyat qurilishi sohasida yetarli bilimga ega bo‘lishi o‘z ortidan tengdoshlarini ergashtira oladigan, liderlik qobiliyatiga ega bo‘lgan o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan tavsiya etiladi.

Bunda har bir siyosiy partiya Yoshlar parlamenti a’zoligi uchun nomzodni Qonunchilik palatasiga saylangan deputatining saylov okrugidan ko‘rsatadi va Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyaga ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun tavsiya etadi.

Yoshlar parlamentining vazifalari quyidagilardan iborat:

yoshlarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyotining dolzarb muammolarini yoshlar ishtirokida muhokama qilish va ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar tayyorlash;

Qonunchilik palatasining nazorat-tahlil tadbirlarini amalga oshirishda ko‘maklashish;

yoshlarning siyosiy bilimlarini oshirish, ularda vatanparvarlik ruhini kuchaytirishda yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;

yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir ishlarni amalga oshirishda ko‘maklashish.

 

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish markaz boshlig’i                                 O.R.Raximberdiyev