Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Koʻpxotinlilik


Koʻpxotinlilik

Bugungi kunda qonuniy nikohi boʻlmagan oilalarning soni tobora ortib bormoqda. Bunga sabab, ushbu harakatlarni tartibga soladigan qonunchilikning mukammal ishlab chiqilmaganligidadir.

Soʻnggi vaqtlarda respublikamizda qonuniy nikohi boʻlmagan, faqatgina diniy rasm-rusumlar orqali tuzilgan nikohlar soni ortib bormoqda. Buning ortidan esa oʻz-oʻzidan koʻpxotinlilik holati oshib boryapti. Achinarlisi, mana shunday qonuniy nikohi boʻlmagan oilalarda tugʻilgan farzandlar soni ortyapti. Bu esa ijtimoiy muammolar vujudga kelishiga sabab boʻlyapti.

Koʻp xotinli boʻlish — koʻp xotinli boʻlish, yaʼni umumiy roʻzgʻor asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin boʻlib yashash. Koʻp xotinli boʻlish Jinoyat kodeksining 126-moddasi bilan taqiqlangan.

‼️Qonunchilikda agar shaxs bir yoki bir nechta shaxs bilan “bir tom ostida” yashab, ular bilan umumiy roʻzgʻor yuritsagina koʻpxotinlilik deb topiladi. Yaʼni, shaxs ikki nafar shaxs bilan turmush qursayu, ular bilan alohida alohida uylarda yashasa, ularga nisbatan qonuniy chora yoʻq va bu holat koʻp xotinlilik deb topilmaydi.

Fuqarolarimiz diniy rasm-rusumlar orqali nikoh tuzilganda qonunga murojaat qilishmaydi, ammo bu nikoh muvaffaqiyatsiz boʻlsa, aliment undirish, otalikni belgilash, meros masalalarida esa bevosita qonunga murojaat qilishga majbur boʻlishyapti. Bu vaziyatda ular oʻzlarining qonunda belgilangan majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun qonun ham ularning manfaatlarini himoya qila olmayapti.

Xabaringiz bor davlatimiz tomonidan koʻpxotinlilikni targʻib qilganlik uchun javobgarlik ishlab chiqilmoqda. Qonun loyihasi bilan ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin boʻlib yashashni targʻib qilganlik, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan ochiq inkor etganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda.


Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish markaz boshlig’i O.R.Raximberdiyev