Янгиликлар
“Mahalla yettiligi” ning tavsiyasi bilan yer olish mumkin
“Mahalla yettiligi” ning tavsiyasi bilan yer olish mumkin
2024-yilda tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydonini elektron onlayn auksion orqali ijaraga oluvchi yoshlarning toifasi
1. “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandi**.
2. “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar farzandi**.
3. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.
4. “Mehr daftari”ga kiritilgan yoshlar**.
5. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oila farzandi**.
6. Oilasi kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh fuqaro.
7. Huquq-tartibot va mudofaa organlariga biriktirilgan yoshlar.
8. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan qaytgan yoshlar.
9. Boquvchisini yo‘qotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh fuqaro.
10. I va II guruh nogironligi bo‘lgan fuqarolarning sog‘lom farzandi**.
11. Nogironligi bo‘lgan bola parvarishi bilan shug‘ullanayotgan yosh oila (er-xotinning biri).
12. Ota-onalardan birida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa faoliyatini to‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoki ota-onasida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan yosh fuqaro.
13. Tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetgan yosh fuqaro.
Izoh: quyidagi yoshlarga elektron onlayn-auksion savdolarida qatnashib erni ijaraga olishga yo‘l qo‘yilmaydi:
a) 30 sotixdan ko‘p tomorqa yeri bo‘lib, undan foydalanmayotgan yoshlar;
b) ilgari ochiq elektron tanlovlarda yoki elektron onlayn-auksion savdolarida yerni ijaraga olgan yoshlar.
** 18 — 30 yoshdagi fuqarolar inobatga olinadi.
Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.04.2024 yildagi PQ-153-son qarori
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish markaz boshlig’i O.R.Raximberdiyev