Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ish beruvchi xodimga uning mehnat daftarchasini berishi shart. Agar ish beruvchining aybi bilan xodimga mehnat daftarchasini berish kechiktirilsa, u holda butun kechiktirilgan davr uchun xodimga oʻrtacha oylik ish ha


 

 

Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ish beruvchi xodimga uning mehnat daftarchasini berishi shart. Agar ish beruvchining aybi bilan xodimga mehnat daftarchasini berish kechiktirilsa, u holda butun kechiktirilgan davr uchun xodimga oʻrtacha oylik ish haqini toʻlab berishga majbur.

 

 

Mehnat kodeksining 171-moddsiga asosan mehnat daftarchasini va mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqning koʻchirma nusxasini berish

Ish beruvchi mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodimga uning mehnat daftarchasini yoxud elektron mehnat daftarchasidan koʻchirmani, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqning koʻchirma nusxasini berishi shart.

 

Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 29 yanvarda 402-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan "Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisida"gi Yoʻriqnomaning 3.1-bandi uchinchi xatboshisida, ish beruvchining aybi bilan mehnat daftarchasini berish kechiktirilsa, u holda butun kechiktirilgan davr uchun xodimga oʻrtacha oylik ish haqi toʻlanadi, deya qayd etilgan.

 

 

 

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish markaz boshlig’i                                                   O.R.Raximberdiyev