Янгиликлар
Tanlovsiz ishga olingan xodimlarni ishdan boʻshatish tartibi qanday?
Tanlovsiz ishga olingan xodimlarni ishdan boʻshatish tartibi qanday?
Davlat organlarida ochiq tanlov oʻtkazish orqali ishga qabul qilinadigan joyga tanlovsiz ishga qabul qilish, mavjud qoidalar buzilgan holda ishga qabul qilish hisoblanadi.
Bunday hollarda, tanlovsiz ishga olingan xodim bilan mehnat shartnomasi MK 168-modda birinchi qismi 4-bandiga asosan, yaʼni ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar buzilganligi munosabati bilan bekor qilinadi.
Xodimni oldindan ogohlantirish yoki kasaba uyushmasi qoʻmitasi roziligini olish kabi ortiqcha talablar yoʻq bunda.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish markaz boshlig’i O.R.Raximberdiyev