Янгиликлар
O‘zini o‘zi band qilish tushunchasi
O‘zini o‘zi band qilish tushunchasi
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar — o‘z ishini o‘zi topib, uni o‘zi bajarish orqali daromad ko‘radigan jismoniy shaxslardir. Repetitorlar, enagalar, santexniklar, elektrchilar, sartaroshlar, kurerlar, avtomobil yuvuvchilari, hunarmandlar, farroshlar, tikuvchilar, dasturchilar va yana ko‘plab kasb egalari o‘zini o‘zi band qiluvchilar bo‘lishlari mumkin
Mehnatga layoqatli yoshdagi har bir jismoniy shaxs, yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari, o‘zini o‘zi band qilishi mumkin. O‘zini o‘zi band qiluvchilar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari shart emas.
O‘zini o‘zi band qilish faoliyatidan olingan barcha daromadlar jismoniy shaxslar daromad solig‘iga (JSHDS) tortilmaydi: qancha topsa ham o‘zida qoladi. Bir yilda bir marta BHMning 1 baravari — 340 ming so‘m — miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashning o‘zi kifoya qiladi.
Soliq organlari xodimi o‘zini o‘zi band qilgan shaxsni ro‘yxatga olayotganda u haqdagi ma’lumotlarni DSQning o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ma’lumotlar bazasiga kiritadi. Keyinroq uni Yagona milliy mehnat tizimiga (YAMMT) integratsiya qiladi, shuning uchun ish staji rasman hisoblanadi. Biroq ish staji hisobga olinishi uchun ijtimoiy soliq to‘lanishi lozim. Tizim oddiy: yil uchun soliq to‘lansa, bir yillik ish staji hisobga olinadi.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxati (https://lex.uz/docs/-4849607)
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish markaz boshlig’i O.R.Raximberdiyev