Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Ikkinchi mutaxassislikka oʻqishga kirgan xodimlarga Mehnat kodeksining 385-moddasida nazarda tutilgan oʻquv taʼtilidan foydalanish mumkinmi?


Ikkinchi mutaxassislikka oʻqishga kirgan xodimlarga Mehnat kodeksining 385-moddasida nazarda tutilgan oʻquv taʼtilidan foydalanish mumkinmi?

 

????     Ayrim ish beruvchilarda Mehnat kodeksining 385-moddasini qoʻllash boʻyicha savollar boʻlmoqda. Xususan, MKning 386-moddasi 1-qismida ishni oʻqish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar berish tartibi belgilangan, unga koʻra, ishni oʻqish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar birinchi marta tegishli darajadagi taʼlim olayotganda beriladi.

⚠️    Oddiy qilib aytganda oʻrta-maxsus taʼlimni bitirganlar bakalavrga kirsa, bakalarni tamomlab kelganlar magistraturaga oʻqishga kirganda berilishi nazarda tutilmoqda. Ikkinchi mutaxassislik boʻyicha oʻqishga kirganlarga ham qoʻllanilishi uchun alohida hujjatlarda belgilab, kelishib olinishi kerak.

????       Mazkur kafolatlar va kompensatsiyalar tegishli darajadagi taʼlim olgan xodimlarga ham quyidagi hujjatlarda belgilangan holatlarda qoʻllanilishi mumkin:

➖ichki hujjatlar;

➖mehnat shartnomasi;

➖ish beruvchi va xodim oʻrtasida tuzilgan alohida kelishuvga koʻra.

????     Ishni bir vaqtning oʻzida taʼlim faoliyatini amalga oshiruvchi ikki tashkilotdagi oʻqish bilan birga olib borayotgan xodimga faqat ushbu tashkilotlarning birida (xodimning tanloviga koʻra) olayotgan taʼlimi munosabati bilan kafolatlar va kompensatsiyalar beriladi.

©️       Namuna sifatida ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi alohida kelishuv shakli xavola qilinmoqda. Ushbu namunaning standart shakli yoʻq, shuning uchun ushbu namunaga boshqa majburiyat va shartlar ham kiritilishi mumkin.

 

 

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish markaz boshlig’i                                                  O.R.Raximberdiyev