Янгиликлар
Qaysi toifadagi shaxslar yuridik texnikumlarga imtiyozli ravishda davlat granti asosida qabul qilinishi mumkin?
Qaysi toifadagi shaxslar yuridik texnikumlarga imtiyozli ravishda davlat granti asosida qabul qilinishi mumkin?
Kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan quyidagi abiturientlar davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi:
- I-guruh nogironligi bo‘lgan, shu jumladan ko‘zi ojizlar;
- “Mehribonlik uyi” va bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
- “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro‘yhatga olingan shaxslarning farzandlari.
Mavjud imtiyozlar, texnikum bitiruvchilari, belgilangan tartibda yo‘llanma asosida “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi mavjud oliy ta’lim muassasalariga (imtihonsiz) suhbat asosida o‘qishga qabul qilinishi, Sudya kotibi va yordamchisi, Notarius yordamchisi, FXDYo bo‘limi inspektori, Davlat xizmatlari markazi operatori, mutahassisi, Huquqshunos, Advokat yordamchisi, Majburiy ijro byurosi ijrochisi, Bojhona inspektori va boshqa 80 dan ortiq davlat xizmatchisi vazifalariga ishlash huquqi mavjud.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish markaz boshlig’i O.R.Raximberdiyev